Blize Taxi shahar va tumanlarda taksi kompaniyasi xizmatini avtomatlashtirishdan iborat. U: Distpetcherlar uchun qo'ngiroq markazi (call-center), dispetcherlar uchun web ilova, shofyorlar uchun mobil ilova (Android), mijozlar uchun mobil ilova (Android, IOS), mijozlar uchun Telegram Bot ni o'z ichiga oladi.
Dispetcherlar web brauzer orqali ishlaydi. Ular uchun internetga ulangan kompyuter (yoki noutbuk) bo'lishi kerak. Operatsion tizimni esa farqi yo'q (Windows, Linux, MacOs)
Shofyorlar ilovadan foydalanishlari uchun Android tizimida ishlaydigan telefon (yoki planshet) bo'lishi talab etiladi.
Mijozlar uchun Android va IOS tizimlarida ishlaydigan ilova mavjud. Ilova buyurtmachining taklifiga ko'ra, Play Market va App Store ga yuklab beriladi.
Dispetcher ilovada mashinalarni xaritadan kuzatib turishingiz mumkin.
Payme, Click kabi to'lov tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Dispetcherlar uchun qo'ng'iroq markazi (call-center) bilan integratsiya qilinadi
Mijozlar Play market va App store da taksi ilovasini yuklab buyurtma berishlari mumkin.
Ha, agar dasturiy ta'minotni to'liq sotib oladigan bo'lsangiz, unda shaxsiy server, bundan tashqari statik IP bilan ishlaydigan internet kerak bo'ladi.
Dasturiy ta'minotdan ijara olib ham ishlatish mumkin. Bunday holatda server kerak bo'lmaydi, faqat dispetcherlar uchun kompyuter (yoki noutbuk) bo'lsa kifoya.
Ha, agar call-center ni o'zingizda qilmoqchi bo'lsangiz, u uchun alohida server qo'yish kerak bo'ladi. Internetdagi mavjud call-center xizmatlaridan ham foydalanish mumkin. Bu holatda dasturiy ta'minot bilan integratsiya qilish uchun alohida haq olinishi mumkin.
Albatta, dasturni o'rnatib, to'lib ishga tushirib berish bepul. Agar ijaraga ishlatadigan bo'lsangiz, doimiy texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash ham bepul. Agar sotib oladigan bo'lsangiz, keyingi texnik qo'llab-quvvatlash alohida maslahat qilinadi.
Taksi kompaniyaning dasturiy jihatdan hamma talablariga Blize Taxi tizimi javob beradi. Kompaniya uchun raqam olish, dispetcher topish, uzluksiz internet bilan ta'minlash, reklama qilish kabi ishlar Buyurtmachining zimmasida qoladi.
Dasturiy ta'minot narxi to'liq sotib olishingiz, yoki ijaraga ishlatishingiz, yoxud qaysi komplektatsiyani tanlashingizga qarab turlicha bo'lishi mumkin.
+99890 570-12-01
Barcha huquqlar himoya qilingan
© 2024 Blize Taxi